Qorovulbozor tumanida yangi hokim, Jondor hokimi ishdan olindi
Joriy yilning 24-fevral kuni Xalq deputatlarining Qorovulbozor tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi, deyiladi viloyat hokimligi xabarida.
Qorovulbozor tumanining sobiq hokimi Kamol Kamolov boshqa lavozimga o‘tgani munosabati bilan uning o‘rniga shu paytga qadar Buxoro viloyat «O‘zagrokimyohimoya» hududiy aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Ostonov Akmal Anvarovich Qorovulbozor tumani hokimi etib tayinlandi.
Shu kunning o‘zida Jondor tumanida ham Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda tashkiliy masala ko‘rilib, Jondor tumani hokimi Baraka Sottorovich Tolipov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter