Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasiga avvalgi rahbar qaytdi
2012-yilda Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasini boshqargan Baxitbek Yelmanov oradan 6 yil o‘tgach, yana shu yerga direktor lavozimga tayinlandi, deb xabar bermoqda «O‘zA».
«Nukus-FM» radiosi va «Jaslar TV» telekanallari loyihalari muallifi va shu paytgacha rahbari bo‘lib ishlab kelgan B.Yelmanov ungacha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi matbuot kotibi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘linmasi yetakchi mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter