«Qishloqqurilishbank»ning maqsadi mijozlarini xonavayron qilishmi?

O‘zbekistonda erkin konvertatsiyaga yo‘l ochilgach, valyuta borasidagi muammolar o‘z yechimini topib ulgurdi. Ayniqsa, oddiy xalq va tadbirkorlar endi bemalol chet el valyutasi bilan muomala qilishi mumkin.
Lekin shunday holatlar ham kuzatilyaptiki, bunga aslo ko‘z yumib bo‘lmaydi. Banklar faoliyatida konvertatsiya ochilishi ba’zi hollarda o‘ziga xos fojiaga aylanib ketdi. Ayni shu masalada Buxoro viloyatidan tahririyatimizga murojaat kelib tushdi. Unda «Qishloqqurilishbank»ning noto‘g‘ri va adolatsiz siyosatidan aziyat chekib, xonavayron bo‘layotgan tadbirkor haqida so‘z boradi. Bank rahbariyati bir tadbirkorning kasodga uchrashini intizorlik bilan kutayotgandek va tezroq uning garovdagi mol-mulkini ham musodara qilishni istayotgandek go‘yo...
Voqeani o‘rganish uchun ijodiy guruhimiz xodimlari Buxoroga borib-kelishdi. «Qishloqqurilishbank»ning Buxoro mintaqaviy filiali faoliyatidagi qing‘irliklar, qonunbuzilish holatlari, tadbirkorlarning haq-huquqlari poymol bo‘layotgani yuzasidan jurnalist surishtiruvi o‘tkazildi.
Surishtiruv natijasida ana shu kirdikorlar, joylarda bank va tadbirkor o‘rtasidagi ayrim og‘riqli muammolar yuzaga qalqib chiqdi. Yaqin kunlarda mazkur jurnalistlik surishtiruvi natijalarini saytimiz orqali e’lon qilamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter