Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari soni oshadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududlarida qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilishda davlat nazoratini yanada mustahkamlash maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida:
- axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining agrar sohani raqamlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va unga bo‘ysunuvchi markaziy apparatdagi 16 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobiga:
- agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga mas’ul bo‘lgan vazir o‘rinbosari lavozimi kiritiladi;
- agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilinadi;
Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» davlat muassasasi faoliyatini muvofiqlashtirish agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga mas’ul bo‘lgan vazir o‘rinbosariga yuklatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter