Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qish mavsumining eng muhim mahsulotlari aniqlandi

Qish mavsumining eng muhim mahsulotlari aniqlandi

Foto: «Men’s Life»

Diyetologlar qish faslida iste’mol qilish foydali bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini tuzishdi. Bu faslda organizmimizga ko‘plab vitaminlar yetishmaydi. Mutaxassislar katta miqdorda saqlanadigan mahsulotlar afzalligini aytishmoqda.

Qolaversa, tarkibida Omega-3 bo‘lgan mahsulotlarni ham ko‘proq iste’mol qilish lozim. Shu bois, diyetologlar qishqi dasturxon ustida, albatta, yog‘li baliq bo‘lishi kerakligini ta’kidlashdi. Sababi, mazkur mahsulot tarkibidagi mavjud vitaminlar bizni turli virus va infeksiyalardan himoya qiladi.

Yog‘li baliq turlari nafaqat immunitetni yaxshilaydi, balki miya faoliyatini yaxshilaydi, yurak-qon tomir kasalliklaridan asraydi.

Shuningdek, qish mavsumida iste’mol qilish kerak bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatiga qovoq, karam, anjir va sitrus mevalar ham kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring