Qirol va masxaraboz
Fransiya qiroli Filipp IV (Chiroyli) saroy ayonlarini yig‘adi.
— Kundan kunga yangi soliqlar va yig‘imlar o‘ylab topayotganimiz hamda xalqdan yig‘ib olayotganimizga qaramay, nega zarur bo‘lganda nuqul xazinada pulimiz qolmagan bo‘ladi, nega jamg‘arilmaydi?
Hamma jim. Shunda xalqdan chiqqan saroy masxarabozi qayerdandir bir bo‘lak muz topib kelibdiyu, eng pastda o‘tirgan amaldorga beribdi.
— Qirolimizga shuni qo‘lma-qo‘l qilib uzatvoringizlar, iltimos.
Muz bo‘lagi taxtiravonga yetguncha erib-erib, qirolning kaftiga deyarli bir tomchi bo‘lib yetib boribdi.
Filipp bir o‘sha tomchiga, bir ayonlariga, bir masxarabozga, bir jallodlarga qaraydi va qah-qah urib kulib yuboradi...
Xullas, voqea haqida shu gaplar bor, xolos.
Fransiya qiroli Filipp IV ochko‘z saroy ayonlarini birma-bir qilichdan o‘tkazibdi degan gap esa yo‘q. Tarixda ham yo‘q.
Demak, kim jallod qilichiga duchor bo‘lgan? To‘ppa-to‘g‘ri.
Shunaqa. Feodalizm davrida ortiqcha aqllilik qilmaslik kerak. Edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter