Qirg‘izistonga olib o‘tuvchi yana bir yer osti yo‘li fosh etildi

Kecha, 23-iyun kuni DXX tezkor tadbiri davomida Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi fuqaro T.M. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi to‘xtatilgan. Mashinada taxminiy qiymati 15 mlrd. so‘mlik 2 707 dona mobil telefon borligi aniqlangan.
Tadbir davom ettirilib, T.M.ning yashash xonadoni tekshirilganida Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy rayoni hududiga olib o‘tuvchi, eni 1-1,5 metr, balandligi 2 metr, uzunligi taxminan 130 metr bo‘lgan yer osti yo‘li aniqlangan.
Ushbu yer osti yo‘li Qirg‘iziston Respublikasidan tovar-moddiy boyliklar olib o‘tishga mo‘ljallangan, deyiladi xabarda.
Avvalroq Qirg‘izistonning Qorasuv tumanida, shundan so‘ng Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida bir nechta chegarani kesib o‘tuvchi yer osti yo‘llari fosh etilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter