Kuzatuv kameralari qidiruvdagi shaxslarni «ushlab bermoqda»
Milliy gvardiya xodimlari jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga berilgan besh nafar shaxsni kuzatuv kameralari orqali aniqlab, qo‘lga olishdi.
Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida qo‘riqlash bo‘limi xodimlari Toshkent shahar IIB xodimlari bilan hamkorlikda 43 yoshli M.A. ni qo‘lga oldi. U Jinoyat kodeksining 167-moddasi, ya’ni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda gumon qilinib, qidiruvga berilgan.
Yashnobod tumanidagi masjidda firibgarlikda gumon qilinib, qidiruvda bo‘lgan 49 yoshli K.M., Buxoro dehqon bozorida ham qidiruvda bo‘lgan 43 yoshli fuqaro X.O. qo‘lga olingan.
Olmazor tumanidagi «Korzinka» supermarketi yonida qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan T.S. ham qo‘lga olingan.
Yunusobod tumanida tezkor guruh xodimlari tomonidan joriy yilning avgust oyidan buyon huquq-tartibot idoralaridan yashirinib kelayotgan 21 yoshli fuqaro K.G‘. qo‘lga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter