Qibraydagi qator mahallalar Toshkent shahri tarkibiga o‘tmoqda
Toshkent viloyati Qibray tumaniga qarashli 20 ta mahalla fuqarolar yig‘ini (jami 4402 gektar) Toshkent shahri tarkibiga o‘tkaziladi. Bu haqda joriy yil 20 may kuni Xalq deputatlari Qibray tuman kengashining tegishli qarori qabul qilingan.
Jumladan, Qibray tumanidagi:
- Jarboshi, Tashisti, Ibrat, Mirishkor, Arg‘in, Bahor, Chinor va Tovkentepa mahallalari (2107,4 gektar) poytaxtning Yashnobod tumani;
- Geofizika, Alisherobod, Chingeldi, Do‘stlik, Taraqqiyot, Barkamol, Bog‘ishamol, Vatanparvar, Amir Temur, Mevazor, Gulbog‘, Gulzor-1 va Pastki-yuz mahallalari (2294,6 gektar) Mirzo Ulug‘bek tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
Belgilanishicha, Qibray tumani okrugidan saylangan xalq deputatlari Qibray tuman kengashining deputatlari tegishlicha xalq deputatlari Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tuman kengashlari tarkibiga o‘tgan hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter