Qashqadaryolik talaba xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati Qarshi davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili yo‘nalishining 2-bosqich talabasi Zabarjad Qahhorova Qozog‘istonning Nursulton shahrida MDH davlatlari o‘rtasida 2019-yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Yilning eng yaxshi yosh olimlari – 2021» xalqaro tanlovida muvaffaqiyatli qatnashdi.
Zabarjad Qahhorova tanlovda «III-xalqaro kitob nashri» yo‘nalishida o‘zining «Nemis tilini intensiv o‘qitishda til kompetensiyalarining o‘rni» mavzusidagi maqolasi bilan qatnashib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, deb yozadi O‘zA.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter