Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryo hokimi dabdabali to‘ylarni qoralab chiqdi

Qashqadaryo hokimi dabdabali to‘ylarni qoralab chiqdi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi.

Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovning murojaati e’lon qilindi. 

Hokim voha ahliga murojaati davomida viloyatda o‘tkazilayotgan dabdabali to‘ylar haqida fikr bildirdi.

«Ijtimoiy tarmoqda kuzatganim bir lavhada Qashqadaryo viloyatida bo‘lgan to‘y haqida so‘z yuritilgan. Aslida 10 dan ortiq qozon osib, 40 – 50 mln. so‘m pul sarflab, bazm uyushtirayotgan, kim o‘zarga to‘y qilayotganlar o‘rtasida targ‘ibotni kuchaytirish lozim deb o‘ylayman.

Bir kunlik to‘y uchun sarf etiladigan 40-50 mln mablag‘ga qancha kitob sotib olsa bo‘ladi, qancha ehtiyojmand uchun xayr-sahovat amalini olib borsa bo‘ladi.

Shu qishloq uchun kutubxona yoki o‘quv markazi barpo etsa bo‘ladi. Bu kabi me’yoridan ortiq ovqatlanish birinchidan salomatlik uchun xavfli, qolaversa yillar davomida og‘ir mehnat orqali topilgan mablag‘ni maqsadli sarflash haqida ham o‘ylashimiz kerak», – deydi Murotjon Azimov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring