Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura 18 yoshli kelinchakning o‘limi yuzasidan qayta tekshiruv tayinladi

Prokuratura 18 yoshli kelinchakning o‘limi yuzasidan qayta tekshiruv tayinladi

Foto: Xabar.uz

Samarqand viloyati Urgut tumanida 3 mart kuni 18 yoshli kelin o‘z joniga qasd qilgan. Bosh prokuratura holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijasiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan. 

Mazkur qaror Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganilib, bekor qilindi va qo‘shimcha tekshirish harakatlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazish haqida ko‘rsatma berilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2004 yilda tug‘ilgan A.S. «Tersak» mahallasidagi ota-onasining yashash xonadonida noma’lum sabablarga ko‘ra, arqon yordamida bo‘yin sohasidan osib, o‘z joniga qasd qilgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining 25 mart kungi 6-sonli xulosasida S.A.ning o‘limi osilishda bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan qisilishi oqibatidagi mexanik asfiksiyadan kelib chiqqani ko‘rsatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring