Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning harbiylarni uy bilan ta’minlash bo‘yicha qarori e’lon qilindi

Prezidentning harbiylarni uy bilan ta’minlash bo‘yicha qarori e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Prezident qaroriga muvofiq O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari, harbiy xizmatdan rezervga (iste’foga) bo‘shatilgan (chiqarilgan) fuqarolar va ularning oila a’zolarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi takomillashtiriladi.

Xususan:

- harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida orttirilgan kasallik yoki olingan jarohati tufayli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqsiz deb topilib, rezervga (iste’foga) bo‘shatilgan (chiqarilgan) O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini, shuningdek, halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning, ularning xizmat muddatidan qat’i nazar, oila a’zolari uy-joy bilan ta’minlanadi;

- harbiy xizmatchilar boshqa vazirlik va idoralar tizimiga haqiqiy harbiy xizmatni o‘tash uchun o‘tkazilganda, ularga berilgan xizmat xonadonlari ham tegishli vazirlik va idoralar tasarrufiga o‘tkaziladi;

- harbiy xizmatchilarga ajratiladigan uy-joy maydonining ijtimoiy normasini aniqlashda ularning oila a’zolari bilan bir qatorda qaramog‘iga olingan shaxslar toifasiga aniqlik kiritiladi;

- umumiy harbiy xizmat muddati 20 yil bo‘lgan harbiy xizmatni o‘tab rezervga bo‘shatilgan fuqarolar davlat hisobidan turarjoy bilan ta’minlanadi, shu bilan birga ularning oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hamda davlat organlari va tashkilotlaridagi mehnat faoliyati yillari haqiqiy harbiy xizmat yillari davriga qo‘shib hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring