Yangi yilni prezident qarorgohida nishonlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Yangi yil kuni, 1-yanvar yarim tunda Qozon shahrida qo‘riqlash xizmati xodimlari ikki nafar o‘zbekistonlikni qo‘lga olishdi. Bu haqda «ProKazan.ru» saytida xabar berildi.
Manbaning qayd etishicha, o‘zbekistonliklar yangi yilni Tatariston Prezidenti qarorgohida nishonlashga ahd qilishgan.
«41 va 44 yoshli ikki o‘zbekistonlik Tatariston Respublikasi Prezidenti qarorgohiga kirmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi. «Gul bozori»da ishlovchi mazkur o‘zbeklarning aytishicha, ular hech qanday jinoyatni ko‘zlamagan, oldin ko‘rmagan prezident qarorgohini bir aylanib chiqishmoqchi bo‘lgan xolos», deyiladi xabarda.
Hozirda ushbu ish yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter