Prezident: Buning salbiy oqibatlarini Jizzax misolida hamma ko‘rdi
Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlangani haqida xabar berilgandi.
Davlat rahbari uy-joy qurilishi va ipoteka tizimida hali o‘z yechimini topmagan ko‘plab masalalar mavjudligini ko‘rsatib o‘tdi. Bular:
- ipoteka bozorida qurilayotgan uy-joylar soni talabga nisbatan ancha kam. Xususan, Xonqa tumanida 5 mingta yangi uy-joyga talab bo‘lsa-da, kelgusi yilda atigi 464 ta (talabning 9 foizi) uylar qurish reja qilingan;
- bugungi kunda joylashgan joyi yoki narxi aholiga nomaqbul bo‘lgani uchun qiymati 255 milliard so‘mlik 950 ta qurilgan xonadon sotilmasdan turibdi;
- ipoteka uchun budjetdan ajratilgan 1,1 trillion so‘m subsidiyadan 220 milliard so‘mi ishlatilgan, xolos. Respublika bo‘yicha 36 mingdan ziyod ijobiy xulosasi bor oilalarga 900 milliard so‘mdan ziyod subsidiyalar to‘lanmay turibdi;
- aholi tomonidan talab yuqori bo‘lgan o‘rta me’yordagi uylar bo‘yicha quruvchilar bozorga yetarli taklif chiqarmayapti;
- uy-joy quriladigan massivlar ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lsada, yer uchastkalari o‘z vaqtida auksionga chiqarilmagani bois, Toshkent viloyatida – 2,7 ming, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo va Xorazmda – 1,5 ming xonadonli uy-joylar qurilishi boshlanmagan;
- viloyat hokimlari va ularning qurilish bo‘yicha o‘rinbosarlari uy-joy qurilishi uchun pudratchi tanlashda 2-3 ta tashkilot bilan cheklanmoqda.
«Buning salbiy oqibatlarini Jizzax misolida hamma ko‘rdi», deb ta’kidladi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter