Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident borgan mahalla eng namunalilar qatoriga kirdi

Prezident borgan mahalla eng namunalilar qatoriga kirdi

Foto: «Xabar.uz»

2017-yil 22-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parkent tumanidagi «Markaziy» mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, bu yerni eng namunali mahallalardan biriga aylantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi.

Hozir esa mahalla tuzilmasiga berilayotgan imkoniyatlar sabab, bu yerdagi aholining talab va istaklari qondirilib, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bugunga kelib, mahallada 1 ta bog‘cha, 1 ta maktab, 1 ta tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi, 2 ta dorixona, 1 ta tikuvchilik sexi, qishloq xo‘jaligi sohasi bilan shug‘ullanuvchi 3 ta korxona, 3 ta fermer xo‘jaligi, 10 ta savdo do‘koni va bir necha sartaroshxonalar mavjud.

Shuningdek, avvallari profilaktika inspektorlari mahalladagi jinoyatlarning barvaqt oldini olishlari uchun 30-40 km. uzoqlikdagi masofani bosib kelgan bo‘lsalar, endilikda ularga mahallaning o‘zida joylashgan xizmat uylari berildi. Profilaktika inspektorlariga berilgan bunday imkoniyatlar samarasi o‘laroq, bu yerda 2017 va 2018 yilning shu davriga qadar birorta jinoyatchilik kuzatilmadi.

Qolaversa, mahallada 475 ta xonadon, 558 ta oila bo‘lsa, ulardan nogironi bor oilalar 30 ta, boquvchisini yo‘qotgan oilalar 8 ta, ehtiyojmand oilalar 23 ta bo‘lib, ularning holidan muntazam xabar olinmoqda. Ularga yordam berish uchun tadbirkorlar ham o‘z hissasini qo‘shishmoqda. Xususan, «Qoraqalpoq Abbosxon» fermer xo‘jaligi 2017-yilda topgan daromadidan 30 million so‘m homiylik yordami ko‘rsatdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring