Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident bir qator tibbiyot xodimlarini taqdirladi

Prezident bir qator tibbiyot xodimlarini taqdirladi

Foto: Prokuratura departamenti.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bir qator shifokorlarni mukofotladi.

Bu bo‘yicha davlat rahbarining tegishli farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan

Azizov Sabit Kurbanovich - Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 1-gemodializ bo‘limi mudiri

Nuraliyeva Gulnoza Sagdullayevna - Respublika maxsus 1-Zangiota shifoxonasi bosh pediatri

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Maxmudova Sanobar Yusupovna - Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limi akusher-ginekologi, Samarqand viloyati

Shek Aleksandr Borisovich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak ishemik kasalliklari laboratoriyasi mudiri

I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Mamanazarov Kurban Mamarajabovich - Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali travmatologiya, ortopediya, xalq tabobati jarrohligi, neyrojarrohlik, anesteziologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi assistenti, Surxondaryo viloyati

Eminov Baxodir Jo‘rayevich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona filiali bolalar reanimatsiyasi bo‘limi anesteziolog-reanimatologi, Farg‘ona viloyati

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Jabbarov Ashir Norqobilovich - Qamashi tumani tibbiyot birlashmasining «Chim» filiali shifoxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati

Qosimova Dinoraxon Siddiqovna - Chortoq tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi mudiri, Namangan viloyati

Mo‘ydinova Dilbarxon Usarboyevna - Buloqboshi tumanidagi «Mayariq» oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi, Andijon viloyati

Xujayev Nuriddin Xurramovich - Jomboy tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi mudiri, Samarqand viloyati

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Aliyev Sherzod Maxmudjanovich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kattalar kardioxirurgiyasi bo‘limi mudiri

Axmadaliyeva Xurshida Muxamadaliyevna - Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasining terapiya bo‘limi mudiri, Sirdaryo viloyati

Bobokeldiyeva Xamida Ergashevna - Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining boks-brutsellyoz bo‘limi mudiri

Yernazarov Oralbay - Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch qabul bo‘limi terapevti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Karimov Murodulla Yuldashevich - Toshkent tibbiyot akademiyasining travmatologiya, ortopediya va harbiy dala jarrohligi kafedrasi mudiri

Molayxanov Rustam Xudayberganovich - Toshkent shahridagi 4-klinik shifoxonasining jarrohlik bo‘limi shifokori

Nurillayeva Marifat Tag‘ayevna - Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseri endokrinologi

Ro‘ziyeva Aziza Komunarovna - Olot tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi kardiologi, Buxoro viloyati

Salomova Ra’no Xayrullayevna -Bo‘ka tumanidagi 10-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Toshkent viloyati

Tajiyeva Nargiza O‘rinboyevna - Qo‘shko‘pir tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasi patronaj hamshirasi, Xorazm viloyati

Tojiboyev Akmalxon Abduraxmanovich - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali jarrohlik bo‘limi mudiri, Namangan viloyati

Tojiyev Shomurod Musurmonovich - Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati

To‘xtayev Tojidin Parpiyevich - Oltinko‘l tumani tibbiyot birlashmasi bosh feldsheri, Andijon viloyati

«Do‘stlik» ordeni bilan

Berdiyev Axmad Niyozmaxmadovich - Sariosiyo tumanidagi «Guliston» oilaviy shifokorlik punktining «Karsh» tog‘li hududi patronaj feldsheri, Surxondaryo viloyati

Jumanazarova Asilxon Dovulbayevna - Yangiqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining «Nanay» hududiy bo‘limi bolalar shifokori, Namangan viloyati

Malkova Yelena Mixaylovna - «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Sog‘liqni saqlash xizmati markaziy poliklinikasi tibbiy punkti terapevti

Orazaliyev Bazarbay Xaitbayevich - Beruniy tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limi jarrohi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Raimjanov Abdulaziz Abduxafizovich - Farg‘ona shahridagi «ASAF Medical» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari,Farg‘ona viloyati

Tashpanbetova Kaljan Kaldibayevna - Konimex tumanidagi «Sarjal» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Navoiy viloyati

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Akbutayeva Dilfuza Abdumannapovna - Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi katta hamshirasi

Karimov Xusan Raimberdiyevich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Sirdaryo viloyati filiali haydovchisi

Mustanov Abdusamat Norsaatovich - O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i

Nasriyeva Muhabbat Djo‘rayevna - Buxoro tumanidagi 3-oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi, Buxoro viloyati

Raxmatullayeva Maxbuba Latifovna - Yangiyo‘l tumanidagi 72-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Toshkent viloyati

«Shuhrat» medali bilan

Atajanova Zamira Nurullayevna - Ellikqal’a tumani tibbiyot birlashmasining anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi katta hamshirasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kuranbayev Rustam Alimovich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Xorazm viloyati filiali Urganch tumani bo‘limi feldsheri

Maxamadaminova Shoira Abduvaliyevna - Yunusobod tumanidagi «Otolaringolog» xususiy klinikasi otolaringologi, Toshkent shahri

Mo‘minova Adolat Xolmatovna - Zomin tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Jizzax viloyati

Ravshanov Sobir Kenjayevich - Respublika tez tibbiy yordam markazining Samarqand viloyati filiali Narpay tumani bo‘limi haydovchisi

Tojiboyeva Salomatxon Davranboyevna - Izboskan tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Andijon viloyati

Ermatov Abdumalik Abduraximovich - Furqat tumani tibbiyot birlashmasining travmatologiya punkti travmatologi, Farg‘ona viloyati

Yakubov Raxim Kamilovich - Toshkent davlat stomatologiya institutining bolalar yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi professori mukofotlandi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring