Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Andijon ahliga murojaatini Abdulla Oripovning she’ri bilan boshladi

Prezident Andijon ahliga murojaatini Abdulla Oripovning she’ri bilan boshladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Andijon viloyati faollari kengashida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari viloyat ahliga qilayotgan murojaatini shoir Abdulla Oripovning she’ri bilan boshladi.

— Assalomu alaykum, hurmatli Andijon viloyati faollari!

Fursatdan foydalanib, Sizga, siz orqali ko‘pni ko‘rgan, mard va olijanob Andijon xalqiga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Bugun, Andijon ahli keng ko‘lamli islohotlarimizda faol ishtirok etayotgani va qator sohalarda boshqalarga o‘rnak bo‘layotganini ko‘rib, buyuk shoirimiz Abdulla Oripovning quyidagi satrlari esga tushadi:

O‘zbekni bilay desang,

Andijonga avval boq,

Nomard bilan gaplashmas,

u – mard bilan chin o‘rtoq.

Mehnatu ma’rifat ham

Andijonga yarashgay,

Sir emas, ko‘plar unga

havas bilan qarashgay.

Chindan ham, bugun ko‘pchilik sizlarga, o‘zingizning halol mehnatingiz bilan har bir mahalla, har bir qishloq va tuman, umuman, butun viloyatni obod qilayotganingizga havas bilan qaramoqda, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring