Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Pravachi»larga qarshi «ov» natijalari: bir guruh shaxslar qo‘lga olindi

«Pravachi»larga qarshi «ov» natijalari: bir guruh shaxslar qo‘lga olindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Kogon va Pop tumanlarida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.T. fuqaro M.S.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Pop tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.S. fuqarolar Z.P. va S.M.ning ishonchiga kirib, ularga tanishlari yordamida «V.S.» toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 AQSh dollari va 8,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring