Poytaxtimizning Sergeli tumaniga hokim tayinlandi

Poytaxtimizning Sergeli tumaniga Shukurov Elbek Habibullayevich hokim etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Elbek Shukurov 1988-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2009-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
2018-2020-yillarda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 2020-yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter