Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtda 1,1 mlrd so‘mlik muddati o‘tgan ichimliklar sotuvi to‘xtatildi

Poytaxtda 1,1 mlrd so‘mlik muddati o‘tgan ichimliklar sotuvi to‘xtatildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Toshkent shahrida tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan 1,1 mlrd so‘mlik energetik va alkogol mahsulotlarini sotuvga chiqarilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiya hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda “E.D.”, “D.S.”, va “V.N.” MChJ mas’ul shaxslari savdo shoxobchalarida yaroqlilik muddati o‘tgan energetik ichimliklar hamda tegishli hujjatlari bo‘lmagan alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganliklari, shuningdek “QR kod" markirovkalarining nusxasidan takror foydalan kelganliklari aniqlanib, umumiy bahosi 1,1 mlrd so‘mlik energetik va alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring