Poytaxt hokimligi Hayit namozi bo‘yicha murojaat bilan chiqdi
Toshkent shahar hokimligi Ramazon Hayiti namozi munosabati bilan aholiga murojaat qildi.
Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari!
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida» 2023-yil 20-apreldagi qarori va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Ramazon hayitining birinchi kuni 21-aprelga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatga olib, 2023-yilning 21-aprel kuni poytaxtimizdagi 116 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda.
Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoitlarni yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 21-aprel soat 00:00 dan 7.30 gacha poytaxtning quyidagi ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi», deyiladi murojaatda.
Harakat to‘xtatiladigan ko‘chalar ro‘yxati ushbu havolada keltirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter