Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Portlashda jabrlangan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

Portlashda jabrlangan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

Foto: FVV

Keyingi vaqtlarda xorijda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolarini respublikamizga qaytarish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, Qirg‘izistonlik hamkasblar bilan jabrlanganlarni shifokorlar nazoratida O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda Farg‘ona, Namangan viloyat hokimliklari hamkorligida jabrlangan fuqarolarning shaxsini aniqlash, yaqin qarindoshlariga xabar yetkazish ishlari olib borilib, bugun, 22-fevral kuni soat 14:00 xolatiga O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish choralari ko‘rildi.

Hozirda jabrlangan fuqarolar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon va Namangan viloyat filiallariga joylashtirilgan va ular bilan zaruriy tibbiy muolajalar o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 20-fevral kuni Jalolobod viloyatining Qo‘chqor-Ota shaharchasidagi kafelardan birida ishlaydigan O‘zbekistonning uch nafar fuqarosi gaz portlashidan jarohatlangani haqida xabar bergan edik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring