Pastdarg‘omdagi «spektakl»ga prokurorning aloqasi yo‘q emish...
OAVda e’lon qilingan «Past Darg‘omda «1000 ta jo‘ja spektakli»: Bosh rollarda prokuror va o‘g‘lini kambag‘al qilib ko‘rsatgan «mahallaqo‘m» sarlavhali maqola ancha-muncha shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, maqolada ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan.
«Tekshirishda, «Qo‘qoni» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi H.Tursunov tomonidan uyushtirilgan mazkur sahnali ko‘rinish namoyishining tashkillashtirilishida Pastdarg‘om tumani prokurori A.Valiyevning aloqadorligi aniqlanmadi» -, deyiladi bayonotda.
Biroq, «tuman prokurori A.Valiyev rahbarlik qilayotgan 2-sektor faoliyatida kamchiliklar aniqlanganligi sababli, unga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilib, «hayfsan» e’lon qilingan».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter