Pastdarg‘om tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida faoliyat yuritgan Ziyoda Eshmurodova o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi. Bu haqda «Zarnews.uz» xabar berdi.
Ushbu vazifaga shu paytga qadar viloyat xotin-qizlar qo‘mitasida bosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritayotgan Marg‘uba Sanaqulova tayinlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter