Pasportlar reytingida O‘zbekiston nechanchi?
Shveysariyaning Henley&Partners kompaniyasi pasportlar reytingini yangiladi.
Henley&Partners veb-saytida qayd etilishicha, O‘zbekiston ro‘yxatdagi 86-o‘rinni egallagan: uning fuqaroligi vizani rasmiylashtirmasdan 57 ta mamlakatga chiqish huquqini beradi. O‘tgan yili O‘zbekiston 57 davlatga erkin chiqa olish huquqi bilan 85-o‘rinni egallagandi.
Birinchi o‘rinni yana Yaponiya egalladi, uning fuqarolari 191 ta mamlakatga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin. Ikkinchi pog‘onadan Singapur (190 davlat), undan keyin Germaniya va Janubiy Koreya (har biri 189 davlatdan) joy olishdi. Bundan tashqari, yetakchi Yevropa davlatlari safida AQSh va Kanada ham bor.
KXDR (39 ta davlat ochiq), Liviya va Nepal (38), Falastin (37), Somali va Yaman (33), Pokiston (32), Suriya (29), Iroq (28) va Afg‘oniston (26) fuqarolarining pasportlari reytingning eng quyi qatorlaridan joy olishgan.
Henley reytingi harakat erkinligi indekslari asosida tuziladi. Bu ko‘rsatkich har bir davlat fuqarolarining qancha davlatga vizasiz yoki viza olish soddalashtirilgan tartibda borishi mumkinligini ifodalaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter