Paratsetamol tabletkasida virus borligi bo‘yicha xabarlar izohlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar qadog‘ida «R/500» yozuvi bo‘lgan paratsetamol tabletkasini qabul qilishdan saqlanishlari, chunki ushbu dori tarkibida virus mavjudligi haqida xabarlar tarqaldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur ma’lumotlar haqiqatga zid ekanligini ta’kidladi.
Vazirlik yurtdoshlarimizdan har bir dori vositasi, xususan, paratsetamol tabletkasini ham shifokor tavsiyasi asosida, tegishli ko‘rsatma bo‘lgandagina qabul qilish lozimligini eslatib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter