O‘zMU va Texnika universiteti hududidagi asosiy yo‘l yopilmoqda
2022-yilning 7-noyabrdan 19-noyabr kuniga qadar tumandagi O‘zbekiston milliy universiteti hamda Toshkent davlat texnika universiteti hududiga kiruvchi asosiy yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Bu haqda Olmazor tumani hokimligi xabar berdi.
Haydovchilarga tumandagi Mirzo G‘olib hamda Talabalar ko‘chalari orqali harakatlanish tavsiya etiladi.
Piyodalar uchun esa harakatlanish cheklanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter