Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yurtimizda «Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi» bo‘lib o‘tadi

Yurtimizda «Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi» bo‘lib o‘tadi

Foto: Xabar.uz

1−3 noyabr kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida «Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi» bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasida islom iqtisodiyoti, halol turizm, islom san’ati va boshqa mavzularda ko‘plab konferensiya, festival, ko‘rgazma va yarmarkalar o‘tkazish rejalashtirilgan.

31 oktyabr kuni Samarqandda mazkur haftalikka bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida xalqaro haftalikdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini yuzaga chiqarish, mamlakatni jahon sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida tanitish, jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak e’tirofga sazovor bo‘lish, shuningdek, ziyorat turizmi xizmatlarini diversifikatsiya qilish hamda turizm eksportini oshirishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, turizm haftaligi Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Haftalikka Abu Dabidagi Toba muassasasi raisi Al-Habib Ali al-Ja’fariy, Al Nadwa Islom madaniyati va fani assotsiatsiyasi rahbari Bilol Al Budur, Koreya musulmonlar federatsiyasi prezidenti Kim Dong Yok, Halal Italy Development prezidenti, «Halol» fan va texnologiyalari instituti direktori Karim Kristian Benvenuto va boshqa 50 dan ortiq xorijlik mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Haftalik doirasida Samarqandda «Zamonaviy islomiy me’morchilik» ko‘rgazmasi, «Ko‘ngil ohanglari» festivali, «Markaziy Osiyo — Islom san’ati markazi» xalqaro forumi kabi tadbirlar o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring