«O‘zgidromet» ayrim viloyatlar aholisini ogohlantirdi
«O‘zgidromet» ikki viloyat aholisiga ogohlantirish bilan chiqdi.
Joriy yil 16-23-mart kunlari havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning dengiz sathidan 2000 metr va undan yuqori tog‘li hududlarida, jumladan:
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining «Chimyon» tog‘larida;
Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
«Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan yehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter