O‘zbekistonliklar yana bir qalbaki doridan ogohlantirildi
Yana bir dori vositasi qalbakilashtirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
550323-seriyali «L-Lizin essinat» ineksiya uchun eritma dori vositasi qalbakilashtirilganligi aniqlangan.
550323-seriyasi qalbakilashtirilgan «L-Lizin essinat» ineksiya uchun eritma dori vositasi «Galichfarm» AJ tomonidan ishlab chiqarilmagan.
«Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi dorixonalardan 550323- seriyasi qalbakilashtirilgan «L-Lizin essinat» ineksiya uchun eritma dori vositasini realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘raymiz», deyiladi ma’lumotda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili dekabrda «Dok-1 Maks» siropi ichish ortidan bir necha vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter