Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijtimoiy so‘rov: o‘zbekistonliklar Shavkat Mirziyoyevga qanchalik ishonishadi?

Ijtimoiy so‘rov: o‘zbekistonliklar Shavkat Mirziyoyevga qanchalik ishonishadi?

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

«Xabar.uz»ga ma’lum qilishlaricha, O‘zbekiston Prezidentining faoliyati, o‘zbekistonliklarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, hukuqiy va siyosiy sohalardagi islohotlarga munosabatini, aholining davlat rahbariga ishonchi reytingini hamda Prezident tomonidan o‘tkazilayotgan tashqi va ichki siyosatni qo‘llab-quvvatlashlarini aniqlash maqsadida 2018-yilning 18–21-may kunlari jamoatchilik fikri o‘rganildi.

O‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalarining ko‘rsatishicha, o‘zbekistonliklar Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti lavozimidagi faoliyatini yuqori baholaydi. Fuqarolarning mutlaq ko‘pchiligi, ya’ni 91,9 foizi amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, barcha sohalarni yanada modernizatsiyalashi hamda davlatni har tomonlama va jadal rivojlantirish uchun sharoitlar yaratilayotganini, har bir fuqaroning va umuman jamiyatning manfaatlari ro‘yobga chiqarilayotganini ma’qullaydi va qo‘llab-quvvatlaydi.

Jamoatchilik fikri so‘rovlari monitoringi fuqarolarning Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti lavozimidagi faoliyatiga bergan baholarida ijobiy dinamikani aniqladi. Ushbu ko‘rsatkichlar 2,6 foizga ko‘payib, 2017-yil oktyabridagi 89,3 foizdan 2017-yil mayidagi 91,9 foizga yetdi.

Davlat rahbarining faoliyatiga fuqarolar bergan ijobiy baholar dinamikasi barcha yosh va kasbdagi aholi tabaqalari uchun xosdir.

«O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilayotgan siyosat sizning orzu va umidlaringizni qay darajada oqladi?» degan savolga fuqarolarning mutlaq ko‘pchiligi, ya’ni 92,5 foizi «Prezident tomonidan o‘tkazilayotgan siyosat fuqarolarning orzu va umidlarini to‘la darajada oqladi» deb fikr bildirdi. Monitoring ushbu nuqtai nazarni ma’qullovchi fuqarolar soni 2017-yil bilan qiyoslaganda 2,3 foizga o‘sganligini aniqladi.

So‘rov natijalari Prezident rahbarligida O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan ichki va tashqi siyosiy islohotlar yo‘lining mamlakat fuqarolari tomonidan yalpi qo‘llab-quvvatlanayotganini tasdiqlaydi. «Siz O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilayotgan ichki siyosatni qay darajada qo‘llab-quvvatlaysiz?» degan savolga so‘rov ishtirokchilarining mutlaq ko‘pchiligi, ya’ni 90,3 foizi «To‘la qo‘llab-quvvatlayman» deb javob berdi. So‘rovlar monitoringi ushbu nuqtai nazarga qo‘shiluvchi respondentlar sonining o‘sganidan dalolat beradi.

So‘rov natijalari fuqarolarning mutlaq ko‘pchiligi — 92,2 foizi Prezident Shavkat Mirziyoyevning rahbarligida xalqaro maydonda mamlakat manfaatlarini ilgari surish, ham yaqin, ham olis xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, jahon miqyosida mamlakatning nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashqi siyosatni to‘la qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatmoqda.

So‘rov ishtirokchilari O‘zbekiston keyingi vaqtda jahon hamjamiyatidagi mavqeini mustahkamladi, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlashda jiddiy natijalarga erishdi, ham yaqin, ham olis xorij mamlakatlari bilan xalqaro iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirmoqda, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy sohalarda o‘zaro foydali aloqalarni faol rivojlantirmoqda, deb hisoblaydi. So‘rovning ko‘rsatishicha, fuqarolar o‘z javoblarida mamlakat prezidentining xorijiy davlatlarga rasmiy tashriflari va davlat rahbarlari bilan uchrashuvlarining yuksak samaradorligini qayd etmoqdalar.

O‘tkazilgan so‘rov aholining davlat rahbariga ishonchi reytingini aniqladi. So‘rov natijalariga muvofiq, Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklar o‘rtasida katta obro‘ va ishonchga egadir. 94,1 foiz aholi Prezidentga o‘zlarining to‘la ishonadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring