Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik yigit Turkiya Prezidentiga sovg‘a berdi (foto)

O‘zbekistonlik yigit Turkiya Prezidentiga sovg‘a berdi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Turkiyada Xalqaro talabalar uyushmasi federatsiyasi (UDEF) tomonidan tashkil qilingan turfa ranglar, xilma-xil madaniyatlar va turli tillarni birlashtirgan XI Xalqaro talabalar uchrashuvida dunyoning 203 ta mamlakatidan kelib ta’lim olayotgan 115 mingga yaqin talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvning yakuniy dasturi joriy yilning 12-may kuni Istanbulda joylashgan Halich anjumanlar zalida o‘tkazildi. Uchrashuvga Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham tashrif buyurdi.

Foto: «Xabar.uz»

Uchrashuvda Turkiya xalqaro bitiruvchi talabalar uyushmasi (Türkçesi Türkiye Uluslararası Mezunlar Derneği, TUMED) rahbari, o‘zbekistonlik Ergash Jumayev nutq so‘zladi va hindistonlik do‘sti Noushad MK tomonidan chizilgan portretni barcha talabalar nomidan minnatdorlik ramzi sifatida Turkiya Prezidentiga taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, Ergash Jumayev shu bilan bir qatorda O‘zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasining Turkiyadagi vakili hamdir.

Foto: «Xabar.uz»

U 1984-yilda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. U O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagach, o‘qishni Turkiya Marmara universitetini tugatgan. Keyinchalik Istanbul tijorat universitetida «Xalqaro huquqda xavfsizlik politikalari va terrorizmga qarshi kurashish: inson haqlari muammosi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.

Ergash Jumayev o‘qishni tamomlab, O‘zbekistonga qaytishni va yurtimizning har sohada rivojlanishiga hissa qo‘shishni o‘z oldiga maqsad qilganligini yashirib o‘tirmadi.

Ahror Sodiqov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring