O‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin — Istanbul sohilida noma’lum shaxsning jasadi topildi
Istanbul shahrining Kadikoy tumanidagi dengiz sohilida bir shaxsning jasadi topilgan, u O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinyapti. Ushbu xabar O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga kelib tushgan.
Hozirda diplomatik vakolatxona prokuratura, morg, mamlakatimizdagi idora va boshqa tashkilotlar bilan shaxsning kimligini aniqlashga doir ishlarni amalga oshirmoqda.
Jasadning yonidan «Rahmatillo» ismli fuqaroga doir ashyolar topilgan.
Mazkur holat yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lganlar bosh konsulxonaga xabar berishlari so‘ralgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter