Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik 123 yoshli onaxon Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin

O‘zbekistonlik 123 yoshli onaxon Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin

Foto: upl.uz

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida yashovchi Huvaydo Umarova dunyodagi eng keksa ayol sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kirishga nomzod bo‘lib turibdi.

Huvaydo onaning o‘g‘li To‘raqul Umarovning aytishicha, ayni paytda ular jahon rekordi qayd etilishi uchun kerakli barcha hujjatlarni tayyorlashyapti.

Foto: upl.uz

To‘raqul Umarov onasining salomatligi a’lo darajada ekanini ta’kidlagan.

Ma’lum qilinishicha, uzoq umr ko‘rish bu oilaning qonida bor.

Eslatib o‘tamiz, dunyodagi eng keksa ayol — 117 yoshli Tiye Miyako shu yilning iyul oyida vafot etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring