Odil prokuror. O‘zbekistonga shunday kadrlar yetishmayaptimi? (video)
Ruminiyalik oddiy prokuror ayolning faoliyati ko‘prchilikka o‘rnak bo‘lishga arziydi. Laura Koveshi ismli bu ayol uni prokurorlikka tayinlagan Mircha Beseskuga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atib, mamlakat prezidenti Trayan Beseskuning akasi bo‘lgan bu amaldorni poraxo‘r deb topgan.
«Transparency International» tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, 2016-yilgi korrupsiyadan xoli mamlakatlar ro‘yxatida Ruminiya 57-o‘rinda qayd etilgan. O‘zbekiston esa Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmanistondan keyin 156-o‘rinda ko‘rsatilgan. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.
Laura Kodrutsa Koveshi Ruminiya tarixidagi eng yosh va uzoq muddat prokurorlik lavozimida ishlagan bo‘lib, 2013-yil Ruminiya hukumati Yevropa ittifoqi bosimi bilan mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi Direktoratni tashkil etishga majbur bo‘lgandi.
«The Guardian» nashriga bergan intervyusida aytishicha, Koveshi 5 nafar parlament a’zosi, 2 nafar (ayni paytda sobiq) vazir hamda sobiq bosh vazirga nisbatan jinoiy ish ochgan. Shuningdek, qisqa muddat davomida 3 nafar vazir, 6 nafar senator, 11 nafar deputat, 47 nafar shahar meri, 21 ta yirik kompaniya rahbarlarini poraxo‘rlik, davlat mulkini noqonuniy o‘zlashtirgani uchun sud oldida javob berishga majbur qildi.
O‘zbekistonda vaziyat qanday?
Bundan bir yil oldin, ya’ni 2017-yil 4-yanvardan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonuni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yil davomida qilingan eng katta qadam bo‘ldi. Bir oydan so‘ng, ya’ni 2-fevralda Prezident «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, o‘tgan bir yil davomida 1 ming 300 dan ziyod korrupsiya va iqtisodiyot asoslariga qarshi sodir etilgan jinoyatlar aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter