Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondan Pokistonga gumanitar yordam jo‘natildi

O‘zbekistondan Pokistonga gumanitar yordam jo‘natildi

Bugun ertalab O‘zbekiston hukumati va BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi tomonidan Pokistonda sodir bo‘lgan halokatli suv toshqinidan jabrlanganlarga taqdim etilgan insonparvarlik yordami yuklangan samolyot Termizdan Karachiga uchib ketdi.

Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Ushbu birinchi qo‘shma insonparvarlik yordami O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan taqdim etilgan samolyotlarda yetkazib berilishi tashkil qilindi.

Insonparvarlik ko‘magi tarkibi suv toshqinlari oqibatida o‘z boshpanalaridan ayrilganlar uchun 15 tonnadan ortiq hajmdagi vaqtincha yashash uchun mo‘ljallangan turar-joy modullaridan iborat.

Eslatib o‘tamiz, 1-sentyabr kuni O‘zbekiston Pokistonga 40 tonnadan ortiq hajmdagi insonparvarlik yordami jo‘natgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring