O‘zbekistonga Eron hududidan jazirama issiq ob-havo kirib kelishi kutilmoqda

«O‘zgidromet»ning xabar berishicha, 30-iyun-2-iyul kunlari O‘zbekistonga Turkmaniston orqali Erondan issiq va quruq havo kelmoqda.
30-iyun-1-iyul kunlari Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida, 1-2-iyul kunlari respublikaning qolgan hududlarida o‘rtacha haroratdan 5-7° daraja yuqori anomal issiq kutilmoqda.
Kunduzg vaqtlarda havo harorati shimolda +40…+43 °Cgacha, janub va cho‘l zonasida +44…+45 °Cgacha ko‘tarilishi taxmin qilingan.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryoda garmsel shamoli kuzatilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter