O‘zbekistondan Afg‘onistonga temiryo‘l qatnovi to‘xtatildi
O‘zbekistondan Afg‘onistonga temiryo‘l qatnovi 1-fevraldan boshlab vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar berdi.
Qayd etilishicha, Termiz shahrida o‘tkazilgan muzokaralar davomida 2023-yilning 1-fevraliga qadar Afg‘oniston hududidagi texnik ishlarni bosqichma-bosqich Afg‘on temir yo‘llari ishchilari tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha harakatlar rejasi kelishilgan.
Biroq Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi kelishilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmayotgani sababli 1-fevraldan boshlab Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi.
G‘alaba—Hayraton temiryo‘li ochilishi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter