Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda voyaga yetmagan o‘smir qizlar o‘rtasida tug‘ruqlar soni ko‘paymoqda

O‘zbekistonda voyaga yetmagan o‘smir qizlar o‘rtasida tug‘ruqlar soni ko‘paymoqda

Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining videoselektor yig‘ilishida noxush statistika keltirildi.

«Xabar.uz» manbasi ma’lum qilishicha, kengash boshqaruvi raisi Sh.Javlonov yig‘ilishda voyaga yetmagan o‘smir qizlar o‘rtasida tug‘ruqlar soni oshayotganini qayd etgan.

Respublikada erta tug‘ruq holatlari joriy yil birinchi yarim yilligida 46 tani tashkil etib, 2018-yilning shu davriga nisbatan (32 ta) 14 taga ko‘paygan. Mazkur holatlar Toshkent viloyatida 10 taga, Samarqandda 2 taga, Buxoroda 3 taga oshgan bo‘lsa, Farg‘onada 5 ta, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida 3 tadan qayd etilgan.

Toshkent viloyatida qayd etilgan 15 ta erta tug‘ruqning 2 tasi Yuqorichirchiqdagi «Shodlik», «Gulbog‘» mahallalarida, Quva tumanidagi «Nayman» fuqarolar yig‘inidan 2 nafardan voyaga yetmagan qizlar ona bo‘lishgan.

Hali voyaga yetmagan, suyagi qotmagan norasida qizlar ham jismoniy, ham ma’nan mayib bo‘lib qolayapti.

«Mazkur voyaga yetmagan qizlar o‘rtasida tug‘ruq holatlari kuzatilgan mahallalar faoliyati tahlil qilinganda, ular ta’lim muassasalari bilan umuman hamkorlikni yo‘lga qo‘ymagani, nikoh yoshiga yetmagan qizlar, ularning ota-onalar o‘rtasida tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormagani aniqlandi.

Mazkur holatlar oilalardagi muhitni o‘rganish, aniqlangan ijtimoiy muammolarni hal etish borasida hali ko‘plab ishlarni amalga oshirishimiz zarurligidan dalolat beradi.

Shu o‘rinda, haqli ravishda yana bir savol tug‘iladi: Mana, mahallalarda yuz berayotgan salbiy holatlar bo‘yicha raqamlarni keltirib o‘tdik. E’tibor bergan bo‘lsalaringiz, yarim yillik ma’lumotlarda bu ko‘rsatkichlar muntazam ravishda oshib borgan.

Ayting-chi, hurmatli raislar, nega bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ko‘rish tashabbusi bilan chiqmadingizlar? Bunday muammolarni bartaraf etishga keng jamoatchilikni safarbar etish borasida nima ishlar qildingiz?

Bu borada guyoki hamma birday hamma ish bilan shug‘ullanayaptiyu, lekin aniq bir masala bo‘yicha javob beradigan odamning o‘zi yo‘q», degan kengash raisi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring