Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda poliklinikalar tarmog‘i JSST tavsiyasiga ko‘ra kengaytiriladi

O‘zbekistonda poliklinikalar tarmog‘i JSST tavsiyasiga ko‘ra kengaytiriladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra, birlamchi tibbiy xizmat punkti 3 kilometr uzoqlikda yoki piyoda borishda 20 daqiqalik masofani tashkil etishi kerak. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv vaqtida ta’kidlab o‘tdi.

Davlat rahbarining aytishicha, joylarda fuqarolarimizga tez, qulay va sifatli tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha, alohida manzilli chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Buning natijasida, 85 foiz muammolarni birlamchi tibbiyot muassasalarida hal qiladigan tizim yaratiladi.

Avvalambor, joylarda poliklinikalar tarmog‘i yanada kengaytiriladi.

Jumladan:

  • 2022-yilda 136 ta va 2023 yilda yana 140 ta yangi poliklinika faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
  • 2023-yildan boshlab, joylardagi poliklinika filiallari negizida, 1 ming 100 ta oilaviy shifokor punktlari tashkil etiladi.

Shu tariqa qariyb 1 million nafar aholi tibbiy xizmat bilan qamrab olinadi.

Shuningdek, 2 mingdan ziyod olis va chekka mahallalarda tibbiyot punktlari tashkil etiladi.

Ular orqali olis va chekka hududlardagi 4 million nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring