Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 1 noyabrdan ish haqi, stipendiya va pensiyalar oshiriladi

O‘zbekistonda 1 noyabrdan ish haqi, stipendiya va pensiyalar oshiriladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, 2018 yilning 1 noyabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar (10 foiz) oshirildi.

2018 yilning 1 noyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi — oyiga 202 730 so‘m;

yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 so‘m;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 so‘m;

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 243 300 so‘m miqdorida belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring