O‘zbekiston yoshlar ittifoqi uchun 2018-yil qanchalik samarali bo‘ldi? (foto)
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2018-yildagi faoliyati sarhisob qilindi. Shu munosabat bilan bugun, 18- yanvar kuni OAV vakillari uchun brifing tashkil etildi. Unda ittifoq markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev hisobot berdi.
Uning ta’kidlashicha, poyoniga yetgan 2018-yil O‘zbekiston yoshlari hayotida muhim o‘zgarishlarga boy bo‘ldi. Ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz:
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya va «Yoshlar klubi» tuzildi.
Birinchi bor yangi tashkil etilgan «Mard o‘g‘lon» Davlat mukofoti hamda «Kelajak bunyodkori» medallari tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan 42 nafar yigit-qizga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida tashkil etilgan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida 500 nafarga yaqin tinglovchi tahsil olib, malaka oshirdi.
Ittifoqning jami 22 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugunga qadar umumta’lim maktablarida 1 million 960 mingdan ortiq sardorlari, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida 387 ming 700 dan ortiq yetakchilari faoliyat olib bormoqda. Ittifoq va «Kamalak» bolalar tashkiloti tizimida 1 million 960 ming nafar Sardorlar kengashi a’zolari bor.
Ayni paytda Yoshlar ittifoqi o‘z atrofida 10 million 742 ming yoshni birlashtirgan.
2018-2021 yillarda qurilishi rejalashtirilgan 8 ming 600 ga yaqin ko‘p qavatli «Yoshlar uylari»dan 848 ta yosh oilaga yangi uy kalitlari topshirildi.
Yoshlar ittifoqining faol a’zolarini imtiyozli ravishda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish mexanizmi joriy etilib, 14 nafar faol yetakchi talabalikka qabul qilindi.
Shuningdek, ittifoqning faol a’zosi bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlaridagi o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo‘lgan 1 ming 967 nafar talabaga to‘lov kontrakti miqdorining 35 foizi miqdorida qariyb 5 milliard. so‘m mablag‘ O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan to‘lab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan, oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shaklida o‘qishga qabul qilingan 6 ming 979 nafar talabani moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha, ularning to‘lov-kontrakt pulining 35 foizi uchun 17,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Mehribonlik uylarining sobiq tarbiyalanuvchilari hamda imkoniyati cheklangan nogiron 227 nafar talaba-yoshlarga oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt mablag‘ining 50 foizigacha miqdorda jami 800 million so‘m mablag‘ to‘lab berildi.
190 ta kasb-hunar kollejlari negizida «Yoshlar markazlari» tashkil qilindi va 29 ta yo‘nalishdagi 2 ming 537 ta bepul to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur to‘garaklarda har kuni o‘rtacha 160 ming nafarga yaqin yosh bilim va ko‘nikma egallamoqda.
2018 yilda yurtimiz yoshlari hayotida yana bir tarixiy ahamiyatga molik voqea yuz berdi. Mamlakat yoshlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish hamda ularning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlatimiz rahbari farmoni bilan «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan 6 oy mobaynida mazkur jamg‘armadan 3141 ta biznes loyihaga jami 403,2 milliard so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘i ajratilib, 19 991 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Shuningdek, o‘tgan yilda 1 ming 66 nafar yosh fermerga 52 milliard so‘m, yosh tadbirkorlarning 4 ming 300 ta loyihasiga 226,6 milliard so‘m, jami 278,6 milliard. so‘m 13 foizlik imtiyozli kreditlar ajratilishi ta’minlandi.
2018 yilda hududlarda 156 marotaba «Hokim va yosh fermerlar» mavzuida ochiq muloqot va amaliy uchrashuvlar tashkil etildi. Ularda 9 mingdan ortiq yosh fermerlar ishtirok etdi.
2018 yilda 37 nomdagi kitoblar 10 ming nusxadan chop etilib, ta’lim muassasalariga bepul yetkazib berildi. Bu loyihani amalga oshirish uchun jami 10 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter