«O‘zbekiston temir yo‘llari» chiptalar narxi pasaytirilganini ma’lum qildi
2019-yilning 1 -oktyabrdan O‘zbekistonda QQS stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha kamaytirilgani sababli «O‘zbekiston temir yo‘llari» chipta narxini mos ravishda pasaytirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining pasayishi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning barcha mahalliy va xalqaro poyezdlari uchun komissiya yig‘imiga ham tegishlidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter