O‘zbekiston Milliy universitetida umumxalq hashari o‘tkazildi
Respublikamizning barcha hududlarida umumxalq hashar 2018 yil 18 mart kuni keng jamoatchilik asosida tashkil qilindi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ham barcha fakultetlar mehnat tadbirlarida o‘z hissasini qo‘shdilar. Universitetning barcha talabalari va murabbiylari ishtirokida yangilanish va yasharish fasli bahorning Navro‘z ayyomiga tayyorgarlik ishlari mehnat tadbirlari bilan boshlandi, hozirda oliy dargohimizning obodligi va tozallik ishlari hozirda davom etmoqda va faol talabalarni rag‘batlantirish maqsadida ijtimoiy fanlar fakultetida oshga tayyorgarlik ishlari ham boshlab yuborildi.
Mehnat tadbirlari osh tortilgan dasturxonlarda davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter