O‘zbekiston markaziy dehqon bozorlaridagi narxlar (12-oktyabr)
Davlat statistika qo‘mitasi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
Narxlar (2022-yil 12-oktyabr):
- Suyakli mol go‘shti (1 kg) — 49 500 – 78 000 so‘m
- Qo‘y go‘shti (1 kg) — 58 000 – 91 000 so‘m
- Kartoshka (1 kg) — 2500 – 6000 so‘m
- Piyoz (1 kg) — 1500 – 5000 so‘m
- Sabzi (1 kg) — 1 500 – 5 000 so‘m
- Tuxum (10 dona) — 8500 – 15 000 so‘m
- Guruch (1 kg) — 5000 – 25 000 so‘m
- O‘simlik yog‘i (1 l) — 16 000 – 30 000 so‘m
- Shakar (1 kg) — 12 000 – 17 000 so‘m
Bunda dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter