Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston hududida bo‘lib turgan Afg‘oniston fuqarolari soni ma’lum qilindi

O‘zbekiston hududida bo‘lib turgan Afg‘oniston fuqarolari soni ma’lum qilindi

Foto: «Uz.sputniknews.ru»

O‘zbekistonda bo‘lib turish vizasi muddati tugayotgan Afg‘oniston fuqarolari o‘z yurtiga qaytarib yuborilmaydi, chunki mamlakatlar o‘rtasidagi chegara jismoniy shaxslar uchun yopiq. Bu haqda O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi vakili ma’lumotlariga tayanib «Gazeta.uz» xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston hududida 13658 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lib turibdi. Shulardan 13032 nafari vaqtincha yashayotgan bo‘lsa, ulardan ko‘plari O‘zbekistonga biznes masalalari bo‘yicha hamda qarindoshlarini ko‘rishga kelishgan.

IIV vakili respublikada bo‘lib turish qoidalarini buzmayotgan xorijliklarning vizalari qoidaga ko‘ra uzaytirilishini qo‘shimcha qildi. Ular vizalarini uzaytirish uchun O‘zbekistondagi vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha migratsiya bo‘limlariga murojaat qilish lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring