«O‘zbekiston havo yo‘llari»ga zamonaviy «Airbus A320 neo» avialayneri keltirildi (foto)
Bugun 11-mart kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi samolyotlari safidan eng zamonaviy «Airbus A320 neo» layneri ham joy oldi.
Shu munosabat bilan aviakompaniya matbuot xizmati jurnalistlar uchun Gamburg-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelgan samolyot bo‘ylab press-tur tashkil etdi.
Ushbu layner 150 kishilik sig‘imga ega bo‘lib, parvoz masofasi 4,5 ming 5 ming kilometrgacha uzaytirilgan. Bu «O‘zbekiston havo yo‘llari»ga Markaziy Yevropa bo‘ylab qatnovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
2017-yilda tuzilgan milliy aviakompaniyani rivojlantirish strategiyasiga muvofiq joriy oyning oxirida ikkinchi shu rusumdagi samolyot O‘zbekistonga keltiriladi.
Bugungi kunda Milliy aviakompaniya aviaparkida «Boeing-757/767», «Boeing 787-8», «Airbus A320 neo» yo‘lovchi tashuvchi va «Boeing -767-300BFC» yuk samolyotlari mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter