«O‘zbekiston havo yo‘llari» mahalliy reyslarning narxini pasaytirdi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi mahalliy yo‘nalishlardagi qatnovlarga tabaqalangan tariflarni kiritdi. Kiritilgan yangiliklar yo‘lovchilarga ularning talablariga mos keluvchi aviachiptalarni tanlashga imkon beradi, deyiladi MAK axborot xizmati xabarida.
Respublika ichidagi barcha yo‘nalishda tariflarning minimal darajasi pasaytirildi. Bundan tashqari, barcha mahalliy yo‘nalishlarda guruhlar uchun tariflar kiritildi. O‘rnatilgan tariflar bo‘yicha sotiladigan joylar soni cheklangan. Qayd etilishicha, aviachipta qancha erta sotib olinsa, u shunchalik arzon tushadi.
Aviachiptalarni aviakassalarda yoki aviakompaniyaning rasmiy saytida onlayn tarzda sotib olinganidan qat’i nazar, barcha tariflar birdek amal qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter