Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» beshinchi Boeing 787-8 Dreamliner’ni qabul qilib oldi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» beshinchi Boeing 787-8 Dreamliner’ni qabul qilib oldi

Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari matbuot xizmati

Kecha, 2 iyun kuni Toshkent aeroportiga Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti kelib qo‘ndi. Ushbu samolyot «O‘zbekiston havo yo‘llari» ixtiyoridagi beshinchi Dreamliner bo‘ldi.

Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Sietldan Toshkentga qadar 12 yarim soatlik parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Yangi samolyotni «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning tajribali uchuvchi, VS Boeing 787 komandiri Malik Ahmedov va uchuvchi-inspektor Iosif Zak boshqarib kelgan.

Toshkentga uchib kelgunga qadar samolyot Boeing kompaniyasining Everettdagi aerodromida parvoz va yer ustidagi sinovlaridan o‘tgan. «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning uchuvchi va texnik xodimlari test parvozlari davomida avialaynerning barcha mexanizmlarini tekshiruvdan o‘tkazdi.

Yangi samolyot UK78705 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring